Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
URGANCHDA 50 O‘RINLI YANGI BOLALAR BO‘LIMI TASHKIL ETILISHI KUTILMOQDA
янв.21
JAMOAT TRANSPORTI — AHOLI QULAYLIGI YO‘LIDA MUHIM QADAM.
янв.21
MAHALLALARDA XOTIN-QIZLAR FAOLLIGI: DEPUTATLAR VA TADBIRKORLAR MULOQOTI
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: MAHALLA INFRATUZILMASI VA TADBIRKORLIKNI QO‘LLAB-QUVVATLASH E’TIBORDA.
янв.21
AYOLLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASHDA HUQUQIY YORDAM — HAYOTDAGI YANGI QADAM.
янв.21
NURAFSHON MFYDA JAMOAT TRANSPORTI VA BEKATLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT FAOLIYATI: URGANCH SHAHRI MAHALLALARIDAGI MUAMMOLAR O‘RGANILMOQDA.
янв.21
XIVA SHAHRIDAGI “QIBLA TOZABOG‘” MFYDA MUAMMOLAR O‘RGANILIB, USTUVOR VAZIFALAR BELGILANDI
янв.21
MAHALLADAGI IJTIMOIY HIMOYA: QOG‘OZDAMI YOKI AMALDA?
янв.21
“YASHIL MAKON”: XORAZM VILOYATI KENGASHI DEPUTATLARI XAYRLI TASHABBUS BOSHIDA
Deputatlar migratsiyada bo‘lgan ayollar bilan bog‘liq masalalarni o‘rganishdi

Tuman Kengashi deputatlari N. Mo‘minova va N. Akramova tumandagi Charog‘bon, Galabotir, Charbog‘tepa va Vorsin mahallalarida bo‘lib, bu yerda aholining ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, ayniqsa, ayni paytda mehnat migratsiyasida bo‘lgan xotin-qizlar va ularning oilalari bilan bog‘liq masalalarni o‘rganish🏻id.

Uchrashuvlar davomida deputatlar migratsiyada bo‘lgan ayollarning oila a’zolari hamda voyaga yetmagan farzandlari holatini o‘rganib, ular duch kelayotgan muammolar tahlil qilindi. Shu bilan birga, mahallalardagi hokim yordamchilari tomonidan ish bilan ta’minlash bo‘yicha berilgan takliflar hamda ijtimoiy xodimlar tomonidan ota-onasi chet elda bo‘lgan voyaga yetmaganlar bilan olib borilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi. 

Ta’kidlanishicha, ayrim holatlarda oilalarda psixologik va moddiy qiyinchiliklar kuzatilmoqda. Bu borada deputatlar aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha o‘z taklif va tavsiyalarini bildirishdi. Xususan, mahallalarda xotin - qizlar faollari, ijtimoiy xodimlar faoliyatini kuchaytirish, ota-onasi migratsiyada bo‘lgan bolalar uchun qo‘shimcha ta’lim va tarbiya tadbirlarini tashkil etish, shuningdek, mehnat migratsiyasidagi ayollar bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 8