Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
URGANCHDA 50 O‘RINLI YANGI BOLALAR BO‘LIMI TASHKIL ETILISHI KUTILMOQDA
янв.21
JAMOAT TRANSPORTI — AHOLI QULAYLIGI YO‘LIDA MUHIM QADAM.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: MAHALLA INFRATUZILMASI VA TADBIRKORLIKNI QO‘LLAB-QUVVATLASH E’TIBORDA.
янв.21
MAHALLALARDA XOTIN-QIZLAR FAOLLIGI: DEPUTATLAR VA TADBIRKORLAR MULOQOTI
янв.21
AYOLLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASHDA HUQUQIY YORDAM — HAYOTDAGI YANGI QADAM.
янв.21
NURAFSHON MFYDA JAMOAT TRANSPORTI VA BEKATLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT FAOLIYATI: URGANCH SHAHRI MAHALLALARIDAGI MUAMMOLAR O‘RGANILMOQDA.
янв.21
XIVA SHAHRIDAGI “QIBLA TOZABOG‘” MFYDA MUAMMOLAR O‘RGANILIB, USTUVOR VAZIFALAR BELGILANDI
янв.21
MAHALLADAGI IJTIMOIY HIMOYA: QOG‘OZDAMI YOKI AMALDA?
янв.21
“YASHIL MAKON”: XORAZM VILOYATI KENGASHI DEPUTATLARI XAYRLI TASHABBUS BOSHIDA
HAR BIR SOHADA XALQ VAKILLARI FAOLDIR

 Bugungi kunda jamiyat hayotining barcha jabhalarida, ayniqsa, ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, yosh avlodni komil insonlar qilib tarbiyalash, ularning ma’naviy-axloqiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash borasida xalq vakillari — deputatlarning o‘rni beqiyosdir. 

Shu maqsadda Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati Choriyeva Nargiza Abdug‘afforovna tegishli tashkilotlar, mahalla yettiligi a’zolari hamda jamoatchilik vakillari bilan hamkorlikda joylarda o‘rganish ishlarini olib bormoqda.

Tashrif davomida deputat yoshlar tarbiyasi, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni samarali yo‘lga qo‘yish, ayniqsa, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratdi. 

  Choriyeva Nargiza Abdug‘afforovna mahalla yettiligi faoliyati bilan ham yaqindan tanishib, ularning yoshlar bilan ishlashda amalga oshirayotgan ishlarini o‘rgandi. Mahallada yoshlar bandligini ta’minlash, ayollarni qo‘llab-quvvatlash, nogironligi bo‘lgan fuqarolarga ko‘mak berish
borasidagi tashabbuslarni yuqori baholadi.
 

  Shuningdek, deputat tomonidan mahalla faollariga jinoyatchilikni oldini olish, profilaktik tadbirlarni kuchaytirish, ota-onalar va ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. 

  Deputat ta’kidlaganidek, yoshlar tarbiyasi — bu nafaqat ta’lim muassasalari, balki butun jamiyatning mas’uliyatli vazifasidir. Shu bois xalq vakillari, mahalla yettiligi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda ta’lim tizimi vakillari o‘zaro hamkorlikda ishlashi, har bir yoshning
qalbiga e’tibor bilan yondashishi zarur.
 

  Mazkur uchrashuvlar va o‘rganish ishlari davomiy tarzda olib borilib, Oltinsoy tumanining barcha hududlarida ijtimoiy faollikni oshirish, yoshlarning hayotda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish yo‘lida amaliy choralar belgilab olinmoqda. 

   Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati  

Slide 1 of 7