Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
URGANCHDA 50 O‘RINLI YANGI BOLALAR BO‘LIMI TASHKIL ETILISHI KUTILMOQDA
янв.21
JAMOAT TRANSPORTI — AHOLI QULAYLIGI YO‘LIDA MUHIM QADAM.
янв.21
MAHALLALARDA XOTIN-QIZLAR FAOLLIGI: DEPUTATLAR VA TADBIRKORLAR MULOQOTI
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: MAHALLA INFRATUZILMASI VA TADBIRKORLIKNI QO‘LLAB-QUVVATLASH E’TIBORDA.
янв.21
AYOLLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASHDA HUQUQIY YORDAM — HAYOTDAGI YANGI QADAM.
янв.21
NURAFSHON MFYDA JAMOAT TRANSPORTI VA BEKATLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT FAOLIYATI: URGANCH SHAHRI MAHALLALARIDAGI MUAMMOLAR O‘RGANILMOQDA.
янв.21
XIVA SHAHRIDAGI “QIBLA TOZABOG‘” MFYDA MUAMMOLAR O‘RGANILIB, USTUVOR VAZIFALAR BELGILANDI
янв.21
MAHALLADAGI IJTIMOIY HIMOYA: QOG‘OZDAMI YOKI AMALDA?
янв.21
“YASHIL MAKON”: XORAZM VILOYATI KENGASHI DEPUTATLARI XAYRLI TASHABBUS BOSHIDA
Uchko‘priklik Donaxon Otajonovaga yangi uy qurib berildi

 Donaxon Otajonova "Oqsuv" mahalla fuqarolar yig‘inida yashaydi. Boquvchisini yo‘qotgan yolg‘iz ona sifatida ikki nafar farzandini voyaga yetkazmoqda. Mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan xonadonbay o‘rganishlar davomida turmush sharoitidan kelib chiqib "Ijtimoiy himoya yagona reestri"ga kiritilgan. Qisqa vaqt ichida tuman hokimligi tashabbusi bilan "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi va "mahalla yettiligi" ko‘magida Donaxon Otajonova uchun uch xonali hovli-joy qurib bitkazildi. E’tiborli jihati, yangi uy barcha zarur jihozlar va maishiy texnikalar bilan jihozlab berildi. Xalq deputatlari viloyat va tuman kengashlari deputatlari, tuman hokimligi, "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi va mahallalar uyushmasi va mas’ullari ishtirokida yangi xonadon o‘z egasiga topshirildi. 

Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi kotibiyati  

Slide 1 of 1