Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
URGANCHDA 50 O‘RINLI YANGI BOLALAR BO‘LIMI TASHKIL ETILISHI KUTILMOQDA
янв.21
JAMOAT TRANSPORTI — AHOLI QULAYLIGI YO‘LIDA MUHIM QADAM.
янв.21
MAHALLALARDA XOTIN-QIZLAR FAOLLIGI: DEPUTATLAR VA TADBIRKORLAR MULOQOTI
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: MAHALLA INFRATUZILMASI VA TADBIRKORLIKNI QO‘LLAB-QUVVATLASH E’TIBORDA.
янв.21
AYOLLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASHDA HUQUQIY YORDAM — HAYOTDAGI YANGI QADAM.
янв.21
NURAFSHON MFYDA JAMOAT TRANSPORTI VA BEKATLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT FAOLIYATI: URGANCH SHAHRI MAHALLALARIDAGI MUAMMOLAR O‘RGANILMOQDA.
янв.21
XIVA SHAHRIDAGI “QIBLA TOZABOG‘” MFYDA MUAMMOLAR O‘RGANILIB, USTUVOR VAZIFALAR BELGILANDI
янв.21
MAHALLADAGI IJTIMOIY HIMOYA: QOG‘OZDAMI YOKI AMALDA?
янв.21
“YASHIL MAKON”: XORAZM VILOYATI KENGASHI DEPUTATLARI XAYRLI TASHABBUS BOSHIDA
MIROBOD TUMANI HOKIMI, KENGASH RAISI ANVAR SAYFUTDINOV “DO‘STLIK” ORDENI BILAN TAQDIRLANDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakatimizda inson kapitalini rivojlantirish, yosh avlodni zamonaviy bilimlar, yuksak ma’naviy va milliy qadriyatlar asosida tarbiyalash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida izchil amalga oshirilmoqda.

Ta’lim sohasida olib borilayotgan tizimli islohotlar, bu yo‘nalishda fidoiylik ko‘rsatayotgan rahbar va mutaxassislar mehnatini qadrlashga doir yondashuv, davlatimiz rahbari tashabbuslari bilan yanada chuqurlashib bormoqda.

Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-sentyabr kuni imzolangan Farmoniga muvofiq, “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” bayrami arafasida ta’lim-tarbiya sohasini rivojlantirish, yosh avlodni barkamol etib voyaga yetkazish va sohada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga munosib hissa qo‘shayotgan bir guruh soha fidoyilari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.

Ular safida Mirobod tumani hokimi Anvar Sayfutdinov ham bor. U “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi.

Fidokorona xizmat — e’tirofsiz qolmaydi

Toshkent shahar hokimligida o‘tkazilgan tantanali marosimda mukofotlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan shahar hokimi Shavkat Umurzakov tomonidan tantanali ravishda topshirildi.

Ta’kidlanganidek, davlat mukofotlari nafaqat samarali mehnatga beriladigan yuksak baho, balki ustoz va rahbar shaxslarning jamiyatdagi o‘rni, ta’lim tizimidagi fidokorona xizmatlariga bo‘lgan hurmat va e’tirofdir.

Mirobod tumanida so‘nggi yillarda ta’lim muassasalarini modernizatsiya qilish, maktab va maktabgacha ta’lim tizimini yangilash, infratuzilmani rivojlantirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Ayni yo‘nalishlarda tumanda qo‘lga kiritilgan natijalar, ta’lim sifati va imkoniyatlarining kengayishida muhim o‘rin tutmoqda.

Muqaddas qadriyat — inson mehnatiga munosib baho

Davlat mukofotlari orasida alohida o‘rin tutadigan “Do‘stlik” ordeni har bir rahbar, har bir jamoa uchun ulkan mas’uliyatni anglatadi. Bu e’tirof orqali davlat xizmatidagi samimiylik, fidoiylik, tashabbuskorlik va insonparvarlik kabi qadriyatlar mustahkamlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, davlatimiz rahbarining Farmoniga ko‘ra, mamlakatimiz bo‘ylab ko‘plab pedagoglar, ta’lim sohasi mutaxassislari va rahbar kadrlarga ham “Do‘stlik” ordeni, “Shuhrat” medali kabi davlat mukofotlari topshirildi. Bu esa ta’lim sohasiga qaratilayotgan e’tibor va hurmatning amaldagi ifodasi bo‘lib xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 9