Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
URGANCHDA 50 O‘RINLI YANGI BOLALAR BO‘LIMI TASHKIL ETILISHI KUTILMOQDA
янв.21
JAMOAT TRANSPORTI — AHOLI QULAYLIGI YO‘LIDA MUHIM QADAM.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: MAHALLA INFRATUZILMASI VA TADBIRKORLIKNI QO‘LLAB-QUVVATLASH E’TIBORDA.
янв.21
MAHALLALARDA XOTIN-QIZLAR FAOLLIGI: DEPUTATLAR VA TADBIRKORLAR MULOQOTI
янв.21
AYOLLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASHDA HUQUQIY YORDAM — HAYOTDAGI YANGI QADAM.
янв.21
NURAFSHON MFYDA JAMOAT TRANSPORTI VA BEKATLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT FAOLIYATI: URGANCH SHAHRI MAHALLALARIDAGI MUAMMOLAR O‘RGANILMOQDA.
янв.21
XIVA SHAHRIDAGI “QIBLA TOZABOG‘” MFYDA MUAMMOLAR O‘RGANILIB, USTUVOR VAZIFALAR BELGILANDI
янв.21
MAHALLADAGI IJTIMOIY HIMOYA: QOG‘OZDAMI YOKI AMALDA?
янв.21
“YASHIL MAKON”: XORAZM VILOYATI KENGASHI DEPUTATLARI XAYRLI TASHABBUS BOSHIDA
#jarayon

“Dolzarb 90 kun” doirasida 58-maktab faoliyati deputatlar tomonidan o‘rganildi

Parkent tumanida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida yangi qurilgan 58-maktabi faoliyati deputatlar va mas’ul tashkilot vakillari tomonidan atroflicha o‘rganildi. O'rganish davomida zamonaviy talablarga mos ravishda barpo etilgan ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasi, o‘quv jarayonini tashkil etish darajasi, fan xonalari, laboratoriyalar hamda o‘quv-uslubiy jihozlar bilan ta’minlanganlik holati ko‘rib chiqildi. Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari, to‘garaklar faoliyati, xususan, sport to‘garagining ishlari yuqori baholandi. O‘quvchilarning jismoniy tayyorgarlik darajasi, sport anjomlari bilan ta’minlanishi, sport musobaqalarida faol ishtiroki hamda sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan qiziqishi qayd etildi. Deputatlar sport va boshqa ijodiy to‘garaklar doirasida qo‘shimcha sharoitlar yaratish va tadbirlarni muntazam tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar berdilar.

Slide 1 of 3