Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
URGANCHDA 50 O‘RINLI YANGI BOLALAR BO‘LIMI TASHKIL ETILISHI KUTILMOQDA
янв.21
JAMOAT TRANSPORTI — AHOLI QULAYLIGI YO‘LIDA MUHIM QADAM.
янв.21
MAHALLALARDA XOTIN-QIZLAR FAOLLIGI: DEPUTATLAR VA TADBIRKORLAR MULOQOTI
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: MAHALLA INFRATUZILMASI VA TADBIRKORLIKNI QO‘LLAB-QUVVATLASH E’TIBORDA.
янв.21
AYOLLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASHDA HUQUQIY YORDAM — HAYOTDAGI YANGI QADAM.
янв.21
NURAFSHON MFYDA JAMOAT TRANSPORTI VA BEKATLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT FAOLIYATI: URGANCH SHAHRI MAHALLALARIDAGI MUAMMOLAR O‘RGANILMOQDA.
янв.21
XIVA SHAHRIDAGI “QIBLA TOZABOG‘” MFYDA MUAMMOLAR O‘RGANILIB, USTUVOR VAZIFALAR BELGILANDI
янв.21
MAHALLADAGI IJTIMOIY HIMOYA: QOG‘OZDAMI YOKI AMALDA?
янв.21
“YASHIL MAKON”: XORAZM VILOYATI KENGASHI DEPUTATLARI XAYRLI TASHABBUS BOSHIDA
VATAN UCHUN, MILLAT UCHUCH, XALQ UCHUN!

Bekobod shahrida joylashgan Hamid Olimjon va Taraqqiyot mahallalarining fuqarolari ishtirokida 13-sonli umumta’lim maktab hovlisida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yillik bayramiga bag‘ishlab “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” deb nomlangan madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda  Xalq deputatlari shahar kengashi deputatlari U.Abdunazarov, T.Niyazov, J.Kamolxodjayev, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi shahar bo‘limi  rahbari M.Qo‘ziboyev, shahar hokimligi davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi G.Mirzaaxmedovalar so‘zga chiqib, mustaqillik bayramini o‘rni va ahamiyati, mustaqillik yillarida milliy urf odatlarimiz, qadriyatlarimiz, muqaddas dinimiz qayta shakillanganligi hamda mamlakatimizda keng ko‘lamda olib borilayotgan bunyodkorlik va yaratuvchanlik ishlari, erishilgan yutuqlar to‘g‘risida atroflicha to‘xtalib o‘tdilar.

Mahalla hayotida faol ishtirok etib kelayotgan bir guruh mahalla faollari hamda sport va fan sohasida salmoqli yutuqlarga erishgan yoshlarni ta’lim olib jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga o‘z xissasini qo‘shgan 13-sonli maktab direktori va o‘qituvchilariga  shahar hokimligining “Tashakkurnomasi” va esdalik sovg‘alari topshirildi. Shahar Madaniyat bo‘limining sanatkorlari tomonidan ijro etilgan sho‘x kuy va raqslari bayram ishtirokchilariga ko‘tarinki ruh bahshida etdi.

Slide 1 of 5