Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
URGANCHDA 50 O‘RINLI YANGI BOLALAR BO‘LIMI TASHKIL ETILISHI KUTILMOQDA
янв.21
JAMOAT TRANSPORTI — AHOLI QULAYLIGI YO‘LIDA MUHIM QADAM.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: MAHALLA INFRATUZILMASI VA TADBIRKORLIKNI QO‘LLAB-QUVVATLASH E’TIBORDA.
янв.21
MAHALLALARDA XOTIN-QIZLAR FAOLLIGI: DEPUTATLAR VA TADBIRKORLAR MULOQOTI
янв.21
AYOLLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASHDA HUQUQIY YORDAM — HAYOTDAGI YANGI QADAM.
янв.21
NURAFSHON MFYDA JAMOAT TRANSPORTI VA BEKATLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT FAOLIYATI: URGANCH SHAHRI MAHALLALARIDAGI MUAMMOLAR O‘RGANILMOQDA.
янв.21
XIVA SHAHRIDAGI “QIBLA TOZABOG‘” MFYDA MUAMMOLAR O‘RGANILIB, USTUVOR VAZIFALAR BELGILANDI
янв.21
MAHALLADAGI IJTIMOIY HIMOYA: QOG‘OZDAMI YOKI AMALDA?
янв.21
“YASHIL MAKON”: XORAZM VILOYATI KENGASHI DEPUTATLARI XAYRLI TASHABBUS BOSHIDA
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH – BARCHAMIZNING BURCHIMIZ

 🔹 Tuman hokimligida muhim huquqiy tadbir – “Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish” mavzusida seminar o‘tkazildi.
Tadbirning asosiy maqsadi – korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amaldagi qonunchilikni tushuntirish, aholining huquqiy ongini oshirish, bu illatga qarshi kurashish borasida jamoatchilik faolligini ta’minlashdan iborat bo‘ldi. 

🔹 Seminarda tuman hokimi, Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi, Korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasi raisi B. Maxmatrayemov, tuman prokurori R. Turdiyev, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimi masʼullari, tuman korxona va tashkilotlari rahbarlari, hokimlik apparati xodimlari hamda mahalla yettiligi vakillari ishtirok etdilar. 

🔹 Tadbir davomida tuman prokurori R. Turdiyev tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni, unda belgilangan asosiy tushunchalar, korrupsiya holatlari va ularning oqibatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Qonunda nazarda tutilgan javobgarlik turlari, korrupsiyaviy holatlarning oldini olish mexanizmlari, davlat xizmatchilarining axloqiy kodeksi va boshqa dolzarb jihatlar real misollar asosida tushuntirib o‘tildi. 

🔹 Shuningdek, tadbirda ishtirok etgan deputatlar, soha mutaxassislari va jamoatchilik vakillari o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashib, korrupsiya jamiyat taraqqiyotining asosiy to‘siqlaridan biri ekanini, u iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy sohalarga salbiy ta’sir ko‘rsatishini tahliliy misollar bilan asoslab berishdi. 

🔹 So‘zga chiqqanlar, ayniqsa, korrupsiyaga qarshi kurashishda faqatgina davlat organlari emas, balki butun jamiyat – har bir fuqaroning ham faol ishtiroki muhim ekanligini ta’kidlab o‘tishdi. Chunki korrupsiyaga qarshi kurashish – bu faqat qonuniy kurash emas, balki yurtimiz kelajagiga bo‘lgan daxldorlik hissining amaliy ifodasidir. 

🔹 Tadbir yakunida ishtirokchilarga mavzu yuzasidan tarqatma materiallar, eslatmalar hamda normativ-huquqiy hujjatlar to‘plami taqdim etildi. Seminar ishtirokchilar tomonidan yuqori baholandi va bunday tadbirlar muntazam ravishda o‘tkazilishi lozimligi ta’kidlandi. 

Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati  

Slide 1 of 10