Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
URGANCHDA 50 O‘RINLI YANGI BOLALAR BO‘LIMI TASHKIL ETILISHI KUTILMOQDA
янв.21
JAMOAT TRANSPORTI — AHOLI QULAYLIGI YO‘LIDA MUHIM QADAM.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: MAHALLA INFRATUZILMASI VA TADBIRKORLIKNI QO‘LLAB-QUVVATLASH E’TIBORDA.
янв.21
MAHALLALARDA XOTIN-QIZLAR FAOLLIGI: DEPUTATLAR VA TADBIRKORLAR MULOQOTI
янв.21
AYOLLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASHDA HUQUQIY YORDAM — HAYOTDAGI YANGI QADAM.
янв.21
NURAFSHON MFYDA JAMOAT TRANSPORTI VA BEKATLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT FAOLIYATI: URGANCH SHAHRI MAHALLALARIDAGI MUAMMOLAR O‘RGANILMOQDA.
янв.21
XIVA SHAHRIDAGI “QIBLA TOZABOG‘” MFYDA MUAMMOLAR O‘RGANILIB, USTUVOR VAZIFALAR BELGILANDI
янв.21
MAHALLADAGI IJTIMOIY HIMOYA: QOG‘OZDAMI YOKI AMALDA?
янв.21
“YASHIL MAKON”: XORAZM VILOYATI KENGASHI DEPUTATLARI XAYRLI TASHABBUS BOSHIDA
Quva tumanida deputatlar tomonidan nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazildi

 Quva tumanida deputatlar tomonidan nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazildi 

Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi deputati N.Mannopova hamda Quva tuman Kengashi kotibiyat
mudiri R.Nodirovlar Quva tumanida nazorat-tahlil tadbirlarini amalga oshirdilar.
Tadbirlar doirasida davlat dasturlari ijrosi, shuningdek, mahalliy bo‘lim va tashkilotlar
tomonidan aholining iqtisodiy hamda ijtimoiy muammolarini hal etish yo‘nalishida
olib borilayotgan ishlar holati o‘rganildi. 

O‘rganish jarayonida tuman hokimining o‘rinbosarlari va tegishli tashkilotlar rahbarlari tomonidan joriy
yilning birinchi yarmida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar va mavjud
muammolar yuzasidan atroflicha tahliliy axborotlar taqdim etildi. 

Shu bilan birga, kelgusida yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish, infratuzilmani rivojlantirish,
ish o‘rinlarini ko‘paytirish, aholi turmush darajasini oshirish hamda tadbirkorlik
faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan rejalar va chora-tadbirlar muhokama
qilindi.  

Tashrif yakunlariga ko‘ra, davlat dasturlari ijrosini samarali
ta’minlash, nazorat va tahlil tizimini kuchaytirish hamda aholi manfaatlariga xizmat
qiluvchi amaliy ishlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha mutasaddilarga aniq vazifalar
yuklatildi.  

Slide 1 of 7