Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
URGANCHDA 50 O‘RINLI YANGI BOLALAR BO‘LIMI TASHKIL ETILISHI KUTILMOQDA
янв.21
JAMOAT TRANSPORTI — AHOLI QULAYLIGI YO‘LIDA MUHIM QADAM.
янв.21
MAHALLALARDA XOTIN-QIZLAR FAOLLIGI: DEPUTATLAR VA TADBIRKORLAR MULOQOTI
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: MAHALLA INFRATUZILMASI VA TADBIRKORLIKNI QO‘LLAB-QUVVATLASH E’TIBORDA.
янв.21
AYOLLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASHDA HUQUQIY YORDAM — HAYOTDAGI YANGI QADAM.
янв.21
NURAFSHON MFYDA JAMOAT TRANSPORTI VA BEKATLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT FAOLIYATI: URGANCH SHAHRI MAHALLALARIDAGI MUAMMOLAR O‘RGANILMOQDA.
янв.21
XIVA SHAHRIDAGI “QIBLA TOZABOG‘” MFYDA MUAMMOLAR O‘RGANILIB, USTUVOR VAZIFALAR BELGILANDI
янв.21
MAHALLADAGI IJTIMOIY HIMOYA: QOG‘OZDAMI YOKI AMALDA?
янв.21
“YASHIL MAKON”: XORAZM VILOYATI KENGASHI DEPUTATLARI XAYRLI TASHABBUS BOSHIDA
#o‘rganish

#o‘rganish

O‘zbekiston XDP Toshkent viloyati kengashi raisi, Xalq deputatlari viloyat kengashi deputati A.Umaraliyev tomonidan 35, 37- umumta’lim o‘rta maktablarida “Dolzarb 90 kun” dasturining ijrosi o‘rganildi.  

Loyiha doirasida 1 iyundan 30 avgustgacha maktab o‘quvchilari va uyushmagan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularni sog‘lomlashtirish va har tomonlama rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Shuningdek, har bir maktabda sog‘lomlashtirish maydonchalari, to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. 

O‘rganish vaqtida to‘garaklar uchun mo‘ljallangan xonalar, oshxona va sanitariya sharoitlari bilan tanishildi. Mazkur ta’lim muassasalari loyihani amalga oshirish uchun zaruriy moddiy-texnik baza bilan ta’minlangan. Xonalar kompyuter va bolalar uchun foydali bo‘lgan buyumlar bilan to‘ldirilgan. O‘qituvchilar tomonidan mahorat saboqlari, ko‘rgazmalar va ijodiy to‘garaklar o‘tkazilmoqda. Shuningdek, futbol, shaxmat kabi sport turlari bo‘yicha ham to‘garaklar mavjud.

Slide 1 of 4