Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
URGANCHDA 50 O‘RINLI YANGI BOLALAR BO‘LIMI TASHKIL ETILISHI KUTILMOQDA
янв.21
JAMOAT TRANSPORTI — AHOLI QULAYLIGI YO‘LIDA MUHIM QADAM.
янв.21
MAHALLALARDA XOTIN-QIZLAR FAOLLIGI: DEPUTATLAR VA TADBIRKORLAR MULOQOTI
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: MAHALLA INFRATUZILMASI VA TADBIRKORLIKNI QO‘LLAB-QUVVATLASH E’TIBORDA.
янв.21
AYOLLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASHDA HUQUQIY YORDAM — HAYOTDAGI YANGI QADAM.
янв.21
NURAFSHON MFYDA JAMOAT TRANSPORTI VA BEKATLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT FAOLIYATI: URGANCH SHAHRI MAHALLALARIDAGI MUAMMOLAR O‘RGANILMOQDA.
янв.21
XIVA SHAHRIDAGI “QIBLA TOZABOG‘” MFYDA MUAMMOLAR O‘RGANILIB, USTUVOR VAZIFALAR BELGILANDI
янв.21
MAHALLADAGI IJTIMOIY HIMOYA: QOG‘OZDAMI YOKI AMALDA?
янв.21
“YASHIL MAKON”: XORAZM VILOYATI KENGASHI DEPUTATLARI XAYRLI TASHABBUS BOSHIDA
Oltinsoy tumani deputatlari aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, dolzarb muammolar o‘rganildi

 Oltinsoy tumani “Obshir” mahallasida aholi bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv tashkil etildi. Unda Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi
raisi Maxmatrayemov Bahrom Omonovich, tuman Kengashi deputati Qarshiyev Muzaffar Mirzaxmadovich, shuningdek, tumanda faoliyat yuritayotgan huquqni muhofaza qiluvchi idoralar rahbarlari, tegishli tashkilotlar mutasaddilari va mahalliy aholi vakillari ishtirok etdi.
 

Ushbu uchrashuvning asosiy maqsadi — aholi bilan bevosita muloqot qilish, ularning kundalik hayotida uchrayotgan muammolarini tinglash va yechim topishdan iborat bo‘ldi. Tadbir davomida mahalliy aholi tomonidan bir qator muhim ijtimoiy-iqtisodiy masalalar ko‘tarildi. Jumladan:  

  • ichimlik suvi bilan to‘liq ta’minlash; 
  • elektr energiyasidagi uzilishlar; 
  • aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasidagi ishsizlik; 
  • yoshlarni band qilish va ular uchun bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish; 
  • tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish; 
  • mahalladagi sanitariya va obodonlashtirish ishlarini yaxshilash kabi masalalar atroflicha muhokama qilindi. 

Har bir ko‘tarilgan muammo yuzasidan mutasaddi tashkilot rahbarlari va mas’ul shaxslarga aniq topshiriqlar berildi hamda ularning ijrosi qat’iy nazoratga olindi. 

Bunday ochiq muloqotlar aholi muammolarini aniqlash va ularga amalda yechim topishda muhim ahamiyat kasb etib, hokimiyat bilan xalq o‘rtasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda. 

  Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati  

Slide 1 of 10