Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
URGANCHDA 50 O‘RINLI YANGI BOLALAR BO‘LIMI TASHKIL ETILISHI KUTILMOQDA
янв.21
JAMOAT TRANSPORTI — AHOLI QULAYLIGI YO‘LIDA MUHIM QADAM.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: MAHALLA INFRATUZILMASI VA TADBIRKORLIKNI QO‘LLAB-QUVVATLASH E’TIBORDA.
янв.21
MAHALLALARDA XOTIN-QIZLAR FAOLLIGI: DEPUTATLAR VA TADBIRKORLAR MULOQOTI
янв.21
AYOLLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASHDA HUQUQIY YORDAM — HAYOTDAGI YANGI QADAM.
янв.21
NURAFSHON MFYDA JAMOAT TRANSPORTI VA BEKATLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT FAOLIYATI: URGANCH SHAHRI MAHALLALARIDAGI MUAMMOLAR O‘RGANILMOQDA.
янв.21
XIVA SHAHRIDAGI “QIBLA TOZABOG‘” MFYDA MUAMMOLAR O‘RGANILIB, USTUVOR VAZIFALAR BELGILANDI
янв.21
MAHALLADAGI IJTIMOIY HIMOYA: QOG‘OZDAMI YOKI AMALDA?
янв.21
“YASHIL MAKON”: XORAZM VILOYATI KENGASHI DEPUTATLARI XAYRLI TASHABBUS BOSHIDA
Tashabbusli byudjet – deputatlar nazoratida

    O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 30-yanvardagi “Tashabbusli byudjet" jarayonlarini o‘tkazish hamda moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi KQ-666-IV-son qarori asosida 2025-yilning 1-mavsumida Bekobod shahrida 12 ta loyiha g‘olib deb topilib, bugungi kunda Nizom asosida ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Xalq deputatlari shahar kengashi kotibiyati mudiri X.Ibragimova, mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohatlar bo‘yicha doimiy komissiya raisi U.Abdunazarov tomonidan 8-sonli umumta’lim maktabida 600,0 mln.so‘mlik loyiha asosida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishildi. Bugungi kunda loyihada ko‘rsatilgan ishlar amalga oshirilgan bo‘lib, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari olib borilayotganligi kuzatildi. Tahlil natijasida yuqoridagi Nizomning 70-, 72-bandlari asosida ishlarni to‘liq tashkil etish va bajarilgan ishlarni sifati va qabul qilib olish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi. Shuningdek, loyihalarni shakllantirish jarayonida loyihachi tashkilot tomonidan har bir bajariladigan ish va xizmatni bevosita balans saqlovchi tashkilot bilan joyiga chiqqan holda aniq hisob-kitoblar asosida ishlab chiqilishiga alohida e’tibor qaratilishi ta’kidlandi.  

Slide 1 of 5