Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
URGANCHDA 50 O‘RINLI YANGI BOLALAR BO‘LIMI TASHKIL ETILISHI KUTILMOQDA
янв.21
JAMOAT TRANSPORTI — AHOLI QULAYLIGI YO‘LIDA MUHIM QADAM.
янв.21
MAHALLALARDA XOTIN-QIZLAR FAOLLIGI: DEPUTATLAR VA TADBIRKORLAR MULOQOTI
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: MAHALLA INFRATUZILMASI VA TADBIRKORLIKNI QO‘LLAB-QUVVATLASH E’TIBORDA.
янв.21
AYOLLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASHDA HUQUQIY YORDAM — HAYOTDAGI YANGI QADAM.
янв.21
NURAFSHON MFYDA JAMOAT TRANSPORTI VA BEKATLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT FAOLIYATI: URGANCH SHAHRI MAHALLALARIDAGI MUAMMOLAR O‘RGANILMOQDA.
янв.21
XIVA SHAHRIDAGI “QIBLA TOZABOG‘” MFYDA MUAMMOLAR O‘RGANILIB, USTUVOR VAZIFALAR BELGILANDI
янв.21
MAHALLADAGI IJTIMOIY HIMOYA: QOG‘OZDAMI YOKI AMALDA?
янв.21
“YASHIL MAKON”: XORAZM VILOYATI KENGASHI DEPUTATLARI XAYRLI TASHABBUS BOSHIDA
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Boyovut tumanidagi “Anorzor” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 4-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida olib borilayotgan mukammal ta’mirlash va zamonaviy jihozlash ishlari deputatlar nazoratida davom etmoqda.

Shu munosabat bilan Xalq deputatlari Boyovut tuman Kengashi deputati Dilbar Rustamova mazkur ta’mirlash jarayonlarini o‘rganish maqsadida maktabga tashrif buyurdi. Qurilish-ta’mirlash ishlari “Dizayn-Story” MCHJ tomonidan amalga oshirilmoqda.

O‘rganish davomida quyidagi holatlar qayd etildi:

✔️ Binoning tom qismi – 90% bajarilgan

✔️ Ichki ta’mirlash ishlari – 80% yakunlangan

✔️ Tashqi fasad – 50% bajarilgan

✔️ Ichki devor/fasad ishlari – 70% bajarilgan

✔️ Pol qoplamasi – 100% to‘liq amalga oshirilgan

✔️ Sport zal:

⚫️Ichki qismi – 70%

⚫️Tashqi qismi – 80% bajarilgan

✔️ Derazalar – 100% o‘rnatilgan

✔️ Eshiklar – 80% bajarilgan

Mazkur ishlar jadal sur’atda davom ettirilmoqda va ta’mirlangan maktab binosini yaqin 15 kun ichida foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

Deputat tomonidan ish sifatiga ijobiy baho berilib, belgilangan muddatda yakunlanishi yuzasidan tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 6