Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
URGANCHDA 50 O‘RINLI YANGI BOLALAR BO‘LIMI TASHKIL ETILISHI KUTILMOQDA
янв.21
JAMOAT TRANSPORTI — AHOLI QULAYLIGI YO‘LIDA MUHIM QADAM.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: MAHALLA INFRATUZILMASI VA TADBIRKORLIKNI QO‘LLAB-QUVVATLASH E’TIBORDA.
янв.21
MAHALLALARDA XOTIN-QIZLAR FAOLLIGI: DEPUTATLAR VA TADBIRKORLAR MULOQOTI
янв.21
AYOLLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASHDA HUQUQIY YORDAM — HAYOTDAGI YANGI QADAM.
янв.21
NURAFSHON MFYDA JAMOAT TRANSPORTI VA BEKATLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT FAOLIYATI: URGANCH SHAHRI MAHALLALARIDAGI MUAMMOLAR O‘RGANILMOQDA.
янв.21
XIVA SHAHRIDAGI “QIBLA TOZABOG‘” MFYDA MUAMMOLAR O‘RGANILIB, USTUVOR VAZIFALAR BELGILANDI
янв.21
MAHALLADAGI IJTIMOIY HIMOYA: QOG‘OZDAMI YOKI AMALDA?
янв.21
“YASHIL MAKON”: XORAZM VILOYATI KENGASHI DEPUTATLARI XAYRLI TASHABBUS BOSHIDA
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Boyovut tajribasi asosida ishlab chiqilgan “Yo‘l xaritasi”da belgilangan vazifalar ijrosi doirasida Xalq deputatlari Sirdaryo viloyat Kengashining 2023-yil 14-dekabrdagi “Viloyatdagi mahallalarda ijtimoiy-iqtisodiy va aholi turmush sharoitini yaxshilashda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlarni jadallashtirish to‘g‘risida”gi VI-57-178-9-0-K/23-sonli qaroriga asosan Boyovut tumani “Boboyurt” mahalla fuqarolar yig‘inidagi bir nechta ko‘chalarda yo‘l qurilishi ishlari belgilangan edi.

Mazkur qarorga muvofiq, “Turkman” ko‘chasiga 0,6 km va “Tojimaxal”ni bog‘lovchi ko‘chasiga 0,25 km uzunlikda asfalt qoplamasi yotqizilishi rejalashtirilgan va bugungi kunga kelib bu ishlar to‘liq yakunlandi.

Shu munosabat bilan, amalga oshirilgan ishlar sifatini o‘rganish va joylardagi holat bilan tanishish maqsadida Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashining 10-Boboyurt saylov okrugi deputati Eldor Erkaboyev tomonidan yuqorida nomlari keltirilgan ko‘chalarda o‘rganish ishlari olib bordi.

Slide 1 of 4