Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
URGANCHDA 50 O‘RINLI YANGI BOLALAR BO‘LIMI TASHKIL ETILISHI KUTILMOQDA
янв.21
JAMOAT TRANSPORTI — AHOLI QULAYLIGI YO‘LIDA MUHIM QADAM.
янв.21
MAHALLALARDA XOTIN-QIZLAR FAOLLIGI: DEPUTATLAR VA TADBIRKORLAR MULOQOTI
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: MAHALLA INFRATUZILMASI VA TADBIRKORLIKNI QO‘LLAB-QUVVATLASH E’TIBORDA.
янв.21
AYOLLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASHDA HUQUQIY YORDAM — HAYOTDAGI YANGI QADAM.
янв.21
NURAFSHON MFYDA JAMOAT TRANSPORTI VA BEKATLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT FAOLIYATI: URGANCH SHAHRI MAHALLALARIDAGI MUAMMOLAR O‘RGANILMOQDA.
янв.21
XIVA SHAHRIDAGI “QIBLA TOZABOG‘” MFYDA MUAMMOLAR O‘RGANILIB, USTUVOR VAZIFALAR BELGILANDI
янв.21
MAHALLADAGI IJTIMOIY HIMOYA: QOG‘OZDAMI YOKI AMALDA?
янв.21
“YASHIL MAKON”: XORAZM VILOYATI KENGASHI DEPUTATLARI XAYRLI TASHABBUS BOSHIDA
CHINOZ TUMANI. DOIMIY KOMISSIYANING MAJLISI O‘TKAZILDI.

Bugun, Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining majlisi bo‘lib o‘tdi.

Kun tartibiga kiritilgan quyidagi masala Chinoz tumanida 2025-yil g‘alla mavsumini uyushqoqlik bilan o‘tkazish, g‘alladan bo‘shagan maydonlarga o‘t qo‘yish holatlarining oqibatlari, bunday harakatlar uchun nazarda tutilgan javobgarlik, talon-tarojlikni oldini olish, hosilni nes-nobud qilmasdan yig‘ishtirib olish to‘g‘risida, Chinoz tumani prokurori G.Abdusalomovning axboroti eshitildi.

Kun tartibidagi masalalar muhokamasida deputatlar X.Arabbayev, E.Saidov, Chinoz tumani Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, iqlim o‘zgarishi bo‘limi boshlig‘i O.Isaxonov, tuman Favqulotda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i T.Eraliyevlar so‘zga chiqib, o‘zlarining taklif va fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar.

Doimiy komissiya majlisi yakunida kun tartibidagi masalalar bo‘yicha bildirilgan takliflar va fikr-mulohazalarni inobatga olib, Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining navbatdan tashqari o‘n uchinchi sessiyasi muhokamasiga kiritish tavsiya etildi.

Doimiy komissiya a'zosi, deputat Xusan Arabbayev

Slide 1 of 6