Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
URGANCHDA 50 O‘RINLI YANGI BOLALAR BO‘LIMI TASHKIL ETILISHI KUTILMOQDA
янв.21
JAMOAT TRANSPORTI — AHOLI QULAYLIGI YO‘LIDA MUHIM QADAM.
янв.21
MAHALLALARDA XOTIN-QIZLAR FAOLLIGI: DEPUTATLAR VA TADBIRKORLAR MULOQOTI
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: MAHALLA INFRATUZILMASI VA TADBIRKORLIKNI QO‘LLAB-QUVVATLASH E’TIBORDA.
янв.21
AYOLLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASHDA HUQUQIY YORDAM — HAYOTDAGI YANGI QADAM.
янв.21
NURAFSHON MFYDA JAMOAT TRANSPORTI VA BEKATLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT FAOLIYATI: URGANCH SHAHRI MAHALLALARIDAGI MUAMMOLAR O‘RGANILMOQDA.
янв.21
XIVA SHAHRIDAGI “QIBLA TOZABOG‘” MFYDA MUAMMOLAR O‘RGANILIB, USTUVOR VAZIFALAR BELGILANDI
янв.21
MAHALLADAGI IJTIMOIY HIMOYA: QOG‘OZDAMI YOKI AMALDA?
янв.21
“YASHIL MAKON”: XORAZM VILOYATI KENGASHI DEPUTATLARI XAYRLI TASHABBUS BOSHIDA
Qiziltepa tumanida mahalliy Kengashlar faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.

Qiziltepa tumanida mahalliy Kengashlar faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.

2025-yil 30-may kuni xalq deputatlari tuman Kengashining majlislar zalida Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi Navoiy viloyat bo‘linmasi tomonidan Xalq deputatlari tuman Kengashi hamkorligida “Mahalliy kengashlar faoliyatini yanada yaxshilashda yangicha yondashuv va talablar” mavzusida o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.

Seminarda tuman Kengashi kotibiyat mudiri U.Bobojonov,  Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi viloyat bo‘linmasi rahbari A.Ro‘ziqulov, tuman siyosiy partiya raislari, tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimligi mas’ullari hamda Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zolari ishtirok etdi.

Seminar doirasida mahalliy Kengashlar faoliyati samaradorligini oshirish, aholi manfaatlariga xizmat qiluvchi ochiq va hisobdor boshqaruvni shakllantirish, deputatlar faolligini kuchaytirish hamda “Kuchli Kengash – hisobdor va tashabbuskor hokim” tamoyilini amaliyotga joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, mavjud muammolarni aniqlash va ularni zamonaviy yondashuvlar asosida hal etish choralari yuzasidan fikr va takliflar almashildi.

Slide 1 of 6