Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
URGANCHDA 50 O‘RINLI YANGI BOLALAR BO‘LIMI TASHKIL ETILISHI KUTILMOQDA
янв.21
JAMOAT TRANSPORTI — AHOLI QULAYLIGI YO‘LIDA MUHIM QADAM.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: MAHALLA INFRATUZILMASI VA TADBIRKORLIKNI QO‘LLAB-QUVVATLASH E’TIBORDA.
янв.21
MAHALLALARDA XOTIN-QIZLAR FAOLLIGI: DEPUTATLAR VA TADBIRKORLAR MULOQOTI
янв.21
AYOLLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASHDA HUQUQIY YORDAM — HAYOTDAGI YANGI QADAM.
янв.21
NURAFSHON MFYDA JAMOAT TRANSPORTI VA BEKATLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT FAOLIYATI: URGANCH SHAHRI MAHALLALARIDAGI MUAMMOLAR O‘RGANILMOQDA.
янв.21
XIVA SHAHRIDAGI “QIBLA TOZABOG‘” MFYDA MUAMMOLAR O‘RGANILIB, USTUVOR VAZIFALAR BELGILANDI
янв.21
MAHALLADAGI IJTIMOIY HIMOYA: QOG‘OZDAMI YOKI AMALDA?
янв.21
“YASHIL MAKON”: XORAZM VILOYATI KENGASHI DEPUTATLARI XAYRLI TASHABBUS BOSHIDA
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Joriy yilning 21-may sanasida Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputati Muattar Mirzajanova mahalla yettiligi bilan hamkorlikda 34-umumta’lim maktabida bitiruvchi o‘quvchi qizlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tadbir “Erta turmush – yoshlar hayotiga tahdid” mavzusiga bag‘ishlandi.

Uchrashuv davomida erta turmushning salbiy oqibatlari, qizlarning ta’lim olishi va jamiyatdagi faol ishtirokining muhimligi, shuningdek, hayotiy maqsadlarni belgilash borasida ochiq suhbat olib borildi. Deputat o‘z chiqishida yoshlarga o‘z kelajagini puxta rejalashtirish, bilim olish va kasb egallash orqali jamiyatda munosib o‘rin egallash muhimligini ta’kidladi.

Tadbir yakunida o‘quvchi qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi va bu kabi uchrashuvlar ularning dunyoqarashini kengaytirishda muhim o‘rin tutishini bildirishdi.

Slide 1 of 3