Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
URGANCHDA 50 O‘RINLI YANGI BOLALAR BO‘LIMI TASHKIL ETILISHI KUTILMOQDA
янв.21
JAMOAT TRANSPORTI — AHOLI QULAYLIGI YO‘LIDA MUHIM QADAM.
янв.21
MAHALLALARDA XOTIN-QIZLAR FAOLLIGI: DEPUTATLAR VA TADBIRKORLAR MULOQOTI
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: MAHALLA INFRATUZILMASI VA TADBIRKORLIKNI QO‘LLAB-QUVVATLASH E’TIBORDA.
янв.21
AYOLLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASHDA HUQUQIY YORDAM — HAYOTDAGI YANGI QADAM.
янв.21
NURAFSHON MFYDA JAMOAT TRANSPORTI VA BEKATLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT FAOLIYATI: URGANCH SHAHRI MAHALLALARIDAGI MUAMMOLAR O‘RGANILMOQDA.
янв.21
XIVA SHAHRIDAGI “QIBLA TOZABOG‘” MFYDA MUAMMOLAR O‘RGANILIB, USTUVOR VAZIFALAR BELGILANDI
янв.21
MAHALLADAGI IJTIMOIY HIMOYA: QOG‘OZDAMI YOKI AMALDA?
янв.21
“YASHIL MAKON”: XORAZM VILOYATI KENGASHI DEPUTATLARI XAYRLI TASHABBUS BOSHIDA
Ishtixon tumani Saroy qishlogi yoshlari sog‘lom turmush tarziga intilmoqda, ammo …

Yaqinda Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati tomonidan Saroy qishlog‘i aholisining turmush sharoitlari o‘rganildi. O‘rganishlar davomida yoshlar uchun zarur bo’lgan— workout sport maydonchasining yo‘qligi aniqlandi. Bu maydoncha yoshlar uchun sog‘lom turmush tarzi, jismoniy chiniqish va bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazishda katta ahamiyat kasb etadi.

Aholi bu boradagi taklifni bir necha marotaba ilgari surgan. Qolaversa, ushbu sport maydonchasi uchun joy ham tayyorlab qo‘yilgan, hattoki uning atrofini devor bilan o‘rash ishlari ham amalga oshirilgan. Demak, boshlang‘ich infratuzilma bor, faqatgina zarur jihozlar – sport jihozlarini o‘rnatish qolmoqda.

Mahalla yoshlari kutishda, tuman mutasaddilari esa sukut saqlashda davom etmoqda. Qishloqda sport zallari yo‘qligi, bo‘sh vaqtni foydali o‘tkazish imkoniyatlarining cheklanganligi yoshlar orasida faoliyatsizlik va salbiy illatlarga olib kelmasligiga kim kafolat bera oladi?

Bu faqat sport emas — bu yosh avlod salomatligi, kelajagi, intizomi va ijtimoiy faolligi bilan bog‘liq muammo. Saroy qishlog’i yoshlari ko‘chada bekor yurishni emas, sog‘lom hayot tarzini tanlagan. 

Xulosa o‘rnida savol:

Agar joy tayyor, devor tortilgan bo‘lsa — nega sport jihozlari hali ham o‘rnatilmadi? Nega bu kichik, ammo muhim tashabbus to‘liq amalga oshirilmayapti? Mahalla aholisining istagi yana qog‘ozda qoladimi?

Tuman mutasaddilaridan masalaga befarq bo‘lmaslik, deputatlarning tashabbusini qo‘llab-quvvatlab, tez fursatda amaliy harakatlar boshlashlarini kutib qolamiz. Axir bu masala ortida bir mahalla avlodining sog‘lom kelajagi turibdi!

Slide 1 of 4