Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
URGANCHDA 50 O‘RINLI YANGI BOLALAR BO‘LIMI TASHKIL ETILISHI KUTILMOQDA
янв.21
JAMOAT TRANSPORTI — AHOLI QULAYLIGI YO‘LIDA MUHIM QADAM.
янв.21
MAHALLALARDA XOTIN-QIZLAR FAOLLIGI: DEPUTATLAR VA TADBIRKORLAR MULOQOTI
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: MAHALLA INFRATUZILMASI VA TADBIRKORLIKNI QO‘LLAB-QUVVATLASH E’TIBORDA.
янв.21
AYOLLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASHDA HUQUQIY YORDAM — HAYOTDAGI YANGI QADAM.
янв.21
NURAFSHON MFYDA JAMOAT TRANSPORTI VA BEKATLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT FAOLIYATI: URGANCH SHAHRI MAHALLALARIDAGI MUAMMOLAR O‘RGANILMOQDA.
янв.21
XIVA SHAHRIDAGI “QIBLA TOZABOG‘” MFYDA MUAMMOLAR O‘RGANILIB, USTUVOR VAZIFALAR BELGILANDI
янв.21
MAHALLADAGI IJTIMOIY HIMOYA: QOG‘OZDAMI YOKI AMALDA?
янв.21
“YASHIL MAKON”: XORAZM VILOYATI KENGASHI DEPUTATLARI XAYRLI TASHABBUS BOSHIDA
Yoshlarning korrupsiyaga murosasiz munosabati mustahkamlanmoqda

 Tadbirda partiya faollari, deputatlar, Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman
bo‘limi hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi. Davra suhbatidan
asosiy maqsad- korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, yoshlarni ushbu
illatga murosasiz munosabatini shakllantirish, korrupsiyani oldini olish yo‘llari,
yoshlarni bu boradagi faolligini oshirishdan iborat bo‘ldi.
 

  Tadbirni partiyaning Shovot tuman Kengashi raisi Mehrinoz Abdiyazova kirish
so‘zi bilan ochib, partiya tashabbusi bilan tashkil etilgan “Korrupsiyaga qarshi
kurashish oyligi” doirasida olib borilayotgan ishlar va natijalar hamda
mamlakatimizda yoshlarga qaratilayotgan va yaratilayotgan imkoniyatlar to‘g‘risida
bir qator hayotiy misollar bilan atroflicha tushunchalar berdi.
 

  Shundan so‘ng, “Korrupsiya nima va u nega xavfli?”, “Korrupsiyaning salbiy
oqibatlari”, “Korrupsiyaga qarshi qanday kurashish mumkin?” kabi bir qator mavzularda
tuman Kengashi deputatlaridan Gulxumor Do‘sova, Feruza Yusupova, Azamat Qalandarov
hamda tuman Ma’naviyat bo‘limi bosh mutaxassisi Dilfuza Taganovalarning ma’ruzalari
tinglandi.
  

Slide 1 of 3