Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Xonqa tuman Kengashining VIII-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Xonqa tuman Kengashining V-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Xonqa tuman Kengashining bir yuz o'ninchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xonqa tuman kengashining navbatydagi bir yuz to'qqizinchi sessiyasi bo'lib o'tdi
янв.21
Xonqa tuman kengashining navbatydagi bir yuz uchinchi sessiyasi bo'lib o'tdi
янв.21
Xonqa tuman kengashining navbatydagi bir yuz ikkinchi sessiyasi bo'lib o'tdi
янв.20
Xonqa tuman sessiyasi
янв.20
Xalq deputatlari Xonqa tuman Kengashining yuzinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.20
Xonqa tuman sessiyasi
янв.20
Xalq deputatlari Xonqa tuman Kengashining to'qson to'qqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
SALOMATLIK SARI LOYIXASI DOIRASIDA TIBBIY KOʻRIK OʻTKAZILDI

Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Matmuratova, tuman tibbiyot birlashmasi va O‘zLiDeP Hazorasp tuman Kengashi bilan birgalikda “Salomatlik sari” loyihasi doirasida Hazorasp tumanidagi 34-sonli oilaviy poliklinikada Kamolot, Oq maydon, Ovshar va Istiqlol mahallalaridagi xotin-qizlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Tibbiy ko‘rik davomida tajribali shifokorlar ishtirokida yurak-qon tomir kasalliklari, ultratovush tekshiruvlari, kardiologik, nevrologik, endokrin tizim muammolari, shuningdek, ayollar salomatligiga alohida e’tibor qaratilib, onkologik kasalliklarni erta aniqlash bo‘yicha tekshiruvlar o‘tkazildi. Tibbiy ko‘rikda 300 nafarga yaqin xotin-qizlar ishtirok etdi. Ularga bepul tibbiy maslahatlar berilib, zarur tavsiyalar taqdim etildi.

Tibbiy ko‘rik davomida profilaktik tibbiy ko‘riklarning ahamiyati, kasalliklarni erta aniqlash orqali ularning oldini olish mumkinligi haqida tushuntirish ishlari olib borildi. Ayniqsa, ayollar orasida saraton kasalliklarini erta bosqichda aniqlash va ularni samarali davolash muhim ekani ta’kidlandi.

Mazkur tashabbus hudud aholisi orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, profilaktik tibbiy ko‘riklarni doimiy o‘tkazish va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga tibbiy xizmat ko‘rsatish borasida muhim qadam bo‘ldi. Bu kabi tadbirlarni o‘tkazishdan maqsad nafaqat kasalliklarni erta aniqlash, balki har bir fuqaroning sog‘lig‘ini yaxshilash, jismoniy va ruhiy salomatlikni ta’minlashdan iboratdir. 

Slide 1 of 4