Sessiya ishida tuman Kengashi deputatlari, sektorlar, hokim o‘rinbosarlari, tegishli tashkilot hamda fermer xo‘jaligi rahbarlari ishtirok etishdi.
Qishloq xo‘jaligi maydonlaridan unumli foydalanish, oziq-ovqat zahirasini yaratish va eksport hajmini oshirish barobarida yoshlar bandligini taʼminlash bugunning ustuvor vazifalardan bo‘lib turibdi.
Sessiya davomida tumandagi 2 mingga yaqin ishsiz yoshlarga yer maydonlari ajratish tartibi va tomorqa egalarida eksportbop mahsulot yetishtirish bo‘yicha ko‘nikmalar hosil etish takliflar muhokamaga qo‘yildi.
Yakunda kun tartibidagi barcha masalalar bo‘yicha bildirilgan fikr-mulohazalarni hamda takliflarni inobatga olgan holda tegishli qaror loyihalari tasdiqlandi