Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, taʼlim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi, tuman prokurori va tuman hokimi o'rinbosarlari ishtirokida, 2025-yilda “Ayollar daftari”ni shakillantirish bo‘yicha ishchi guruhining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish kun tartibi bo‘yicha tuman oila va xotin-qizlar bo‘limining 2024-yilda amalga oshirilgan ishlari yuzasidan F.Madaminovaning yillik hisoboti tingladi.
Yig‘ilishda 2025-yilda “Ayollar daftari”ni 6-bosqichda shakillantirish borasida mutasaddi rahbarlar, mahalla raislari, “mahalla yettiligi” va ishtirokchilarning fikr-mulohaza hamda takliflari tinglandi ishtirokchilar. Mazkur masala yuzasidan Mirobod tuman oila va xotin-qizlar bo‘limining rahbari F.Madaminovaning tuman faollari va jamoatchilikka Murojaati o‘qib eshittirildi.