Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📍XALQ DEPUTATLARI XONQA TUMANI KENGASHI SESSIYASI
янв.21
Memorandum
янв.21
XALQ DEPUTATLARI XONQA TUMAN KENGASHI SESSIYASI
янв.21
Uchrashuv
янв.21
XALQ DEPUTATLARI XONQA TUMAN KENGASHI SESSIYASI
янв.21
Хонқа туман тиббиёт бирлашмасида коррупциявий омилларни бартараф этиш борасида амалга оширилган ишлар ҳақида
янв.21
Maktablarda sifatli ta'limni tashkl qilish yuzasidan tuman Kengashi deputatlari tomonidan 19-umumiy o'rta ta'lim maktabidagi jarayonlardan lavxalar
янв.21
📌Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati bo‘yicha o‘rganishlar davom etmoqda
янв.21
Partiyaning ustuvor vazifalari haqida davra suhbati
янв.21
O'zLiDeP Хонқа туман Кенгаши ташаббуси билан тумандаги 27-сон мактаб биносида “Фаровон оила” лойиҳаси доирасида 25 ноябрь - Халқаро аёлларга нисбатан зўравонликка қарши кураш куни муносабати билан “Биз зўравонликка қаршимиз!” шиори остида тадбир ташкил этилди.
JAMOATCHILIK NAZORATI O‘TKAZILDI

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi deputati Usipxodjayev Yerlan Ormanovich tomonidan tumanimizdagi “Bahor” nomli 10-DMTTda bolalar ovqatlanishi sifati va uning samaradorligini oshirishga qaratilgan jamoatchilik nazorati o‘tkazildi.Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishga oid qarori ijrosi doirasida maktabgacha ta’lim tashkilotidagi mavjud sharoitlar, oziq-ovqat mahsulotlari sifatini nazorat qilish tizimi, oshxona jihozlarining texnik holati, taomnomalarning belgilangan me’yorlarga mosligi o‘rganildi. O‘rganishlar davomida bog‘chada sanitariya talablariga to‘liq rioya etilayotgani, mahsulotlarni saqlash va tarqatish qoidalariga amal qilinayotgani hamda menyularda ozuqa moddalari miqdori belgilangan me’yorlarga mos ekani aniqlandi.Tadbir yakunida deputat tomonidan bolalarning sog‘lom va barkamol rivojlanishi uchun har bir maktabgacha ta’lim muassasasida taom sifati, oziq-ovqat xavfsizligi, oshpazlar malakasi, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi doimiy nazorat ostida bo‘lishi lozimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 5