Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashidagi O‘zbekiston “Adolat” SDP deputatlik guruhi tomonidan Farg‘ona tuman 39-sonli umumta’lim maktabida partiyaning “Yangi O‘zbekistonda gender tenglik masalalariga yangicha yondashuv” loyihasi doirasida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
🔹Yig‘ilishda Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputatlari F.Mirzayev, O.Dadajonova, O‘zbekiston “Adolat” SDP Farg‘ona tuman Kengashi raisi N.Karimov, Qorasuv va Oqtepa hududidagi mahalla faollar va Kengash a’zolari ishtirok etdilar. 🔹Unda Xalq deputatlari Farg‘ona tuman deputati O.Dadajonova:
Xalqimiz tarixida buyuk allomalar, jahongir bobolarimiz qatorida, bunday insonlarni dunyoga keltirib, tarbiyalagan, ulug‘vor ishlarga ruhlantirgan fozila ayollar ham ko‘p bo‘lgan. Bugun ham xotin-qizlarimiz farzand tarbiyasida, turli sohalarda, mahallalarda fidoyilik ko‘rsatmoqda. Ularning og‘irini yengil qilish, huquq va manfaatlarini ta’minlash maqsadida so‘nggi yillarda Yurtboshimiz tomonidan bir qator qonunlar, farmon va qarorlar qabul qilinmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Miziyoyev aytganlaridek, “Bugungi farovon hayotimiz ham, yorug‘ kelajagimiz ham ayollarga bog‘liq. Agar xalqimiz bizdan rozi bo‘lishini xohlasak, avvalo, moʻtabar onalarimiz, opa-singillarimiz uchun munosib turmush sharoitlari yaratishimiz kerak. Ona rozi bo‘lsa, oila rozi bo‘ladi, oila rozi bo‘lsa, jamiyat rozi bo‘ladi”
Bugunli yig‘ilishdagi asosiy masala ham xotin-qizlarimizni qo‘llab quvvatlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-mart kungi №145-sonli qaroriga muvofiq “Ayollar daftari”ning 5-bosqichiga kiritish, xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, tomorqadan daromad manbai sifatida foydalanishi uchun ko‘maklashish, ularni tadbirkorlikka jalb qilish, moddiy yordam ko‘rsatish, turar joy bilan ta’minlash, ijtimoiy uylarga joylashtirish va ularning uy-joylarini ta’mirlashga ko‘maklashish, tibbiy, huquqiy va psixologik yordam ko‘rsatish bo‘yicha mahalla xotin-qizlar faollari tomoni o‘tkazilgan savolnomalar asosida shakllantirilgan ro‘yxat muhokama qilinib, taklif va qo‘shimchalar bildirildi.