Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi deputati Ilhom Polvonov hamda O'zLiDeP tuman kengashi deputatlari Yaxshimurot Ahmedov, Madamin Kazakovlar tumandagi Farovon, Do'stlik, Yangiobod mahallalarida 1000 tup mevali daraxtlar ko'chatlarini aholiga tarqatdilar. Shuningdek, ko'chat ekish ishlarida birgalikda ishtirok etdilar.
Jarayon mobaynida deputatlar 3 ta mahallada yashovchi kam ta'minlangan 50 taga yaqin xonadonlarda bo'ldilar, ehtiyojmand insonlarning holidan xabar oldilar va ularning tomorqalarida ko'chat ekish ishlarini amalga oshirdilar.