Bandixon tumani kasb-hunar maktabida korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy Kengashi hamda kasb-hunar maktabining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi hamkorligida joriy yil dekabr oyi "Antikorrupsiya haftaligi" doirasida davra suhbati o'tkazildi.
Davra suhbatida korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy Kengashi raisi o'rinbosari O.Jumayev, Bandixon tumani kasb-hunar maktabi yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari B.Boynazarov hamda o'quvchi yoshlar ishtirok etdi.
Davra suhbatida ta'lim tizimida uchrayotgan korrupsiyaviy holatlar va ularning oldini olish borasidagi ishlar haqida ma'lumotlar berildi. Ta'lim muassasasi-ziyo, ma'naviyat va ma'rifat maskani bo‘lib, unda korrupsiya va shunga o‘xshash ko‘ngilsiz holatlar kuzatilmasligi haqida so‘z yuritildi.
Har bir xodim o‘z kasbi va xizmat vazifasiga halollik bilan yondashishi ta'kidlanib, ta'lim-tarbiya tizimi ochiq va shaffof tizimga aylanishi bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar belgilandi.