Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bugun Xalq deputatlari Xonobod shahar Kengashining navbatdagi 21-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya ishida quyidagi masalalar bo'yicha qaror loyihalari ko'rib chiqildi: > Xalq deputatlari Xonobod shahar Kengashi deputatlari tomonidan yuborilgan deputat so‘rovlariga o‘z vaqtida javob berish holatlari to‘g‘risida. > O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 26-mart kungi 156-sonli qaroriga asosan “Mening bog‘im” loyihasi doirasida “Yashil bog‘” va “Yashil jamoat parklari” barpo etish to‘g‘risida. > “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasiga yo‘naltirilgan mablag‘lardan foydalanishga ruxsat berish to‘g‘risidagi xalq deputatlari shahar Kengashi qarori loyihasi haqida. > Ichki iste’mol bozorida narxlar barqarorligini saqlash va inflyasiyani belgilangan prognoz darajasida ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida. > Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish holatini o‘rganish natijalari to‘g‘risida. ✈️ t.me/XonobodKengash ✅ 🔍#Andijon #Xonobod #Deputat #Sessiya
янв.21
Президент Қарорининг ижроси депутат назоратида. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2025-йил 27-декабр кунги “2025-2028-йилларда Ўзбекистон Республикасининг ижтимоий ва ишлаб чиқариш инфратузилмасини ривожлантириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги ПҚ-393-сонли қарорига асосан Хонобод шаҳар санитария-эпидимиологик осойишталик ва жамоат саломатлиги бўлими биносини мукаммал таъмирлаш режалаштирилган бўлиб депутат А.Абдувалиев ҳолат юзасидан депутатлик назоратини олиб бормоқда. @XonobodKengash
янв.21
Президент Қарорининг ижроси депутат назоратида. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2025-йил 27-декабр кунги “2025-2028-йилларда Ўзбекистон Республикасининг ижтимоий ва ишлаб чиқариш инфратузилмасини ривожлантириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги ПҚ-393-сонли қарорига асосан Хонобод шаҳридан ўтган «М41» Бишкек-Душанбе-Термиз автомобиль йўлининг 582,2 км қисмида жойлашган носоз кўприкни реконструкция қилиш режалаштирилган бўлиб депутат А.Абдувалиев ҳолат юзасидан депутатлик назоратини олиб бормоқда. @XonobodKengash
янв.21
Xalq deputatlari Xonobod shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi. Sessiya kun tartibida shahar Kengashiga rais saylandi. Raislikka koʻrsatilgan nomzodlardan Mamatov Jalolidin Laʼtibjonovichni siyosiy partiya raislari va shahar deputatlari bir ovozdan tasdiqladi. Shu munosabat bilan Kengash raisi J.Mamatovga kelgusi ishlarida kuch-quvvat, sihat-salomatlik va yuksak samaradorlik tilaymiz.
янв.21
Xalq deputatlari Xonobod shahar Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq 14-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya ishida bir qator muhim masalalar ko‘rib chiqildi. Ushbu sessiyada deputatlar tomonidan tegishli qarorlar qabul qilindi va ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berildi.
янв.21
Xalq deputatlari Xonobod shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha doimiy komissiya yig'ilishi bo'lib o'tdi
янв.21
Бугун Халқ депутатлари Хонобод шаҳар Кенгашининг еттинчи чақириқ тщртинчи сессияси ўтказилди
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-yanvar kungi “Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1-sonli qarori ijrosi yuzasidan
янв.21
Халқ депутатлари Хонобод шаҳар Кенгашининг "Саъноат, қурилиш, коммунал, сув хўжалиги ва экология масалалари бўйича доимий комиссия" йиғилиши ўтказилди. Йиғилишда Хонобод шаҳар Ободонлаштириш бошқармаси бошлиғи И.Якубовнинг 2024-йил 12 ой давомида амалга оширилган ишлари ҳамда 2025-йилдаги режалари юзасидан ахбороти мухокама қилинди.
янв.21
Бугун Халқ депутатлари Хонобод шаҳар Кенгашининг еттинчи чақириқ учинчи сессияси ўтказилди
Mahalla o‘smir-yoshlari deputatga murojaat bilan chiqdilar

 🔹 Deputat o‘rganuvi natijalari. 

✅ Mahalla yoshlar yetakchisi 6 nafar ishsiz yosh fuqaroning bandligini ta’minlagan. 

✅ Hokim yordamchisi tomonidan aholini kambag‘allikdan chiqarish ishlari: 3 nafar fuqaroga to‘rt yuz o‘ttiz million hamda 27 nafariga yuz milliondan kredit olinishida amaliy ko‘mak berilgan. 

✅ Ijtimoiy ehtiyojmand toifadagi oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordamlar o‘z vaqtida to‘lab kelinayotgani aniqlandi. 

✅ Xotin-qizlar faoli tomonidan 188 nafar ayol bilan “Ayollar daftari” bosqichlarida ishlar talablar darajasida tashkil etilmoqda. 

✅ Mahalla yo‘llari, ularning tunda yoritilishi, avtomobil yo‘llaridagi yo‘l belgilari, piyodalar yo‘laklari holatlari talablarga javob beradi. 

📌 Mahallada aholi va o‘smir-yoshlar o‘rtasida sportning Vorkaut - “ko‘cha gimnastikasi” turini rivojlantirish uchun hududda maxsus maydonga joy mavjudligi aniqlandi. Vorkaut sport turi jihozlarini o‘rnatish uchun mablag‘ masalasida mazkur sport turi ishqibozlari bo‘lgan mahalla o‘smir-yoshlari deputatga murojaat bilan chiqdilar. Mazkur masala tegishli mutasaddi mansabdor shaxsga deputat so‘rovi yuborilib, ijobiy hal etiladigan bo‘ldi. 

📣 “Madad” NNT haqida: mamlakatimizda fuqarolarning huquqiy savodxonlik darajasini oshirish va aholiga bepul yuridik yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida “Madad” – muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkiloti tashkil etilgan. “Madad” NNT mas’ul xodimlari murojaat qiluvchilarga huquqiy masalalar bo'yicha maslahat va tushuntirishlar berish, shuningdek tegishli huquqiy hujjatlar namunalarini taqdim etish yoki bunday hujjatlar loyihalarini tayyorlashda ko‘maklashish orqali bepul yuridik yordamlar ko‘rsatadi.   

Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi  

Slide 1 of 1