O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 4-apreldagi “Mahallalardagi muammolarni hal etishda Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va senatorlarning “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-706-IV-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Xalq deputatlari Xonobod shahri Kengashi kotibiyati mudiri Latibjanova Nodiraxon Yakubjanovna “A.Fitrat” mahallalasida bo‘lib, aholi muammolari va “Mahalla yettiligi”ning faoliyati bilan yaqindan tanishdi.