Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Президент Қарорининг ижроси депутат назоратида. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2025-йил 27-декабр кунги “2025-2028-йилларда Ўзбекистон Республикасининг ижтимоий ва ишлаб чиқариш инфратузилмасини ривожлантириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги ПҚ-393-сонли қарорига асосан Хонобод шаҳар санитария-эпидимиологик осойишталик ва жамоат саломатлиги бўлими биносини мукаммал таъмирлаш режалаштирилган бўлиб депутат А.Абдувалиев ҳолат юзасидан депутатлик назоратини олиб бормоқда. @XonobodKengash
янв.21
Президент Қарорининг ижроси депутат назоратида. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2025-йил 27-декабр кунги “2025-2028-йилларда Ўзбекистон Республикасининг ижтимоий ва ишлаб чиқариш инфратузилмасини ривожлантириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги ПҚ-393-сонли қарорига асосан Хонобод шаҳридан ўтган «М41» Бишкек-Душанбе-Термиз автомобиль йўлининг 582,2 км қисмида жойлашган носоз кўприкни реконструкция қилиш режалаштирилган бўлиб депутат А.Абдувалиев ҳолат юзасидан депутатлик назоратини олиб бормоқда. @XonobodKengash
янв.21
Xalq deputatlari Xonobod shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi. Sessiya kun tartibida shahar Kengashiga rais saylandi. Raislikka koʻrsatilgan nomzodlardan Mamatov Jalolidin Laʼtibjonovichni siyosiy partiya raislari va shahar deputatlari bir ovozdan tasdiqladi. Shu munosabat bilan Kengash raisi J.Mamatovga kelgusi ishlarida kuch-quvvat, sihat-salomatlik va yuksak samaradorlik tilaymiz.
янв.21
Xalq deputatlari Xonobod shahar Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq 14-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya ishida bir qator muhim masalalar ko‘rib chiqildi. Ushbu sessiyada deputatlar tomonidan tegishli qarorlar qabul qilindi va ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berildi.
янв.21
Xalq deputatlari Xonobod shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha doimiy komissiya yig'ilishi bo'lib o'tdi
янв.21
Бугун Халқ депутатлари Хонобод шаҳар Кенгашининг еттинчи чақириқ тщртинчи сессияси ўтказилди
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-yanvar kungi “Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1-sonli qarori ijrosi yuzasidan
янв.21
Халқ депутатлари Хонобод шаҳар Кенгашининг "Саъноат, қурилиш, коммунал, сув хўжалиги ва экология масалалари бўйича доимий комиссия" йиғилиши ўтказилди. Йиғилишда Хонобод шаҳар Ободонлаштириш бошқармаси бошлиғи И.Якубовнинг 2024-йил 12 ой давомида амалга оширилган ишлари ҳамда 2025-йилдаги режалари юзасидан ахбороти мухокама қилинди.
янв.21
Бугун Халқ депутатлари Хонобод шаҳар Кенгашининг еттинчи чақириқ учинчи сессияси ўтказилди
янв.21
Xonobod shahrida kam ta'minlangan oilalarning daromadini oshirish maqsadida deputatlar hamda mahalla hodimlari hamkorligida ishlar olib borilmoqda.
Mahallamiz obodligi – barchamizniki

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2025-yil 8-oktabrdagi PQ–298-son Qarori hamda joriy yilning 14-oktabr kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida bergan topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida, joylarda keng ko‘lamli obodonlashtirish va ijtimoiy faollik ishlariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ushbu qaror mahalla tizimini yanada mustahkamlash, aholining hayot sifatini yaxshilash, mahallalarda tozalik, ozodalik va hamjihatlik muhitini yanada kuchaytirishga xizmat qilmoqda.

Mazkur topshiriqlar asosida “Mahalla yettiligi”ning 2025-yil oxirigacha hamda 2026-yilda amalga oshiriladigan dasturi ishlab chiqildi. Dasturda aholining farovonligini oshirish, infratuzilma va ijtimoiy sohalarni rivojlantirish, yoshlar bandligini ta’minlash, ekologik muhitni yaxshilash, mahalla hududlarini ko‘kalamzorlashtirish kabi qator vazifalar belgilab berilgan.

Bugun Payariq tumanidagi barcha mahallalarda “Mahalla yettiligi” vakillari tomonidan mazkur dastur yuzasidan aholiga murojaatlar yo‘llanmoqda. Murojaatlarda fuqarolardan o‘z mahallalarida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish, tozalik va tartib-intizom ishlariga befarq bo‘lmaslik, jamoaviy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash hamda o‘z hissasini qo‘shish so‘ralmoqda.

Shuningdek, nuroniylar, faxriylar, faollar, ko‘ngilli yoshlar hamda mahalla yettiligi a’zolari ishtirokida keng muhokamalar o‘tkazilib, tumanda jadal sur’atlar bilan olib borilayotgan islohotlarga fuqarolarning faol qo‘shilishi zarurligi alohida qayd etildi. Bu jarayonlarda mahalla raislari, xotin-qizlar faollari, profilaktika inspektorlari va yoshlar yetakchilari o‘zaro hamkorlikda ishlayapti.

Yurtimizda e’lon qilingan “Tozalik va ozodalik oyligi” doirasida olib borilayotgan obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlari mahallamiz qiyofasini yanada chiroyli, yashil va fayzli etmoqda. Fuqarolar tomonidan daraxt va gul ko‘chatlari ekilmoqda, ariqlar tozalanmoqda, chiqindilar tashlab yuborilayotgan joylarda tartib o‘rnatilmoqda. Bu tashabbuslarning barchasi nafaqat tashqi muhitni, balki odamlar qalbini ham poklashga xizmat qilayapti.

Mahalla — bu xalqimizning yuragi, jamiyatimizning tayanchi. Obod, toza va tinch mahalla esa — baxtli hayot garovidir. Shu bois, har bir fuqaro o‘z hovlisi, ko‘chasi va mahallasi uchun mas’uliyatni chuqur his etib, bu ezgu tashabbuslarga o‘z hissasini qo‘shmog‘i lozim. Bu jarayonlarda hamjihatlik, o‘zaro hurmat va jipslik muhim o‘rin tutadi. Chunki birlashgan elni hech kim yenga olmaydi.

Mahallamizni obod qilish yo‘lida olib borilayotgan ishlar kelajak avlodlar uchun yaratilayotgan farovon muhitning poydevoridir. Bugun qilinayotgan har bir ezgu ish, ertangi tinch va baxtli hayotimiz garovidir.

Zero, mahallamiz obodligi — barchamizniki!

 Hurmat bilan,

Payariq tumani 18- O‘rta Saydov okrugi  deputati

L. Djamolova