⚖️ Kengash qarorlari qanday huquqiy kuchga ega?
Ko‘pchilikda xalq deputatlari Kengashi qabul qilayotgan qarorlar qanday kuchga ega va ular kimlar uchun majburiy, degan savol tug‘iladi.
“Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunning 6-moddasiga ko‘ra:
🔹 Kengash — qarorlar qabul qiladi, hokim esa — qaror va farmoyishlar chiqaradi.
🔹 Barcha hujjatlar maxsus Yagona elektron tizim ("E-qaror") orqali ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Ro‘yxatdan o‘tmagan hujjatlar huquqiy asosga ega bo‘lmaydi.
🔹 Qonuniy kuchga kirgan hujjatlar hududdagi barcha tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun bajarilishi majburiydir.