Baxmal tumanidagi 18-son DMTTda xavfsizlik va sharoitlar o‘rganildi
Xalq deputatlari tuman Kengashi A.Zikiryayev tomonidan tumandagi 18-son DMTT faoliyati o‘rganildi. O‘rganish davomida bolalar hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish, yong‘in, elektr va sanitariya xavfsizligi, ovqatlanish sifati hamda tibbiy xizmat holatiga e’tibor qaratildi.
Muassasada xavfsizlik bo‘yicha mas’ullar biriktirilgan, ichki nazorat tizimi yo‘lga qo‘yilgan, zarur hujjatlar yuritilmoqda.
Evakuatsiya yo‘llari, yong‘in o‘chirish vositalari, signalizatsiya va xavfsizlik sharoitlari mavjud. Shu bilan birga, xodimlar uchun texnika xavfsizligi va favqulodda vaziyatlarda amaliy harakatlar bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini kuchaytirish zarurligi aniqlandi.