Yangiliklar

Doimiy komissiyalar Qoʻshma majlisi boʻlib oʻtdi

Doimiy komissiyalar Qoʻshma majlisi boʻlib oʻtdi 

🔹Joriy yil 14-fevral kuni xalq deputatlari Yangiyo‘l shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta'minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi, Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha hamda Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha doimiy komissiyalarning Qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi.

🔹Kun tartibida:

        Yangiyo‘l shahar Prokuraturasining 2024-yil davomida shahar hududida qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish, jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi faoliyati to‘g‘risida;

         O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-35-V-sonli Qarorining Yangiyo‘l shahrida ijrosini ta’minlash to‘g‘risida;

        Shahar mahalliy byudjetining 2024-yillik ijrosi to‘g‘risida;

         Xalq deputatlari Yangiyo‘l shahar Kengashiga bo‘shab qolgan 1-Nov va 11-Ishchilar shaharchasi saylov okrugi bo‘yicha deputatlik o‘rniga saylov o‘tkazishni moliyalashtirish to‘g‘risida;

          Xalq deputatlari Yangiyo‘l shahar Kengashi, doimiy komissiyalari hamda Kengash kotibiyatining 2025-yilga mo‘ljallangan ish rejalarini tasdiqlash to‘g‘risida;

           Xalq deputatlari shahar Kengashi ayrim bo‘shab qolgan o‘rinlarga saylov o‘tkazuvchi uchastka saylov komissiyalari a’zoligiga nomzodlarni tavsiya etish to‘g‘risida va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi va muhokama qilindi. 

🔹Yig‘ilish yakuni bilan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Slide 1 of 5