Yangiliklar

Deputatlar aholi muammolarini o`rganishda davom etmoqda

Joriy yilning 7 fevral kuni Xalq Deputatlari Parkent tuman Kengashiga 11-Qo`lichi saylov okrugidan saylangan deputat Yoqubov Farxod Maxkamovich va Ho‘ja MFY raisi Qayumov Ulug‘bek ko‘p yillardan buyon yolg‘iz, shu mahallada istiqomat qiladigan 2-guruh nogironi Manzura opa holidan habar olishdi. Opadan hol ahvol so‘raldi. Yechimini
kutayotgan muammolar haqida batafsil suhbat qilinib yordam berish uchun erakli chora-tadbirlar belgilab olindi. 

Slide 1 of 3