DOIMIY KOMISSIYA NAZORATI: TIBBIYOT MUASSASASIDAGI ISHLAR O‘RGANILMOQDA
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan biriktirilgan tashkilotlar bilan hamkorlik ishlari davom ettirilmoqda.
Doimiy komissiya a’zosi, deputat M.Kazakov tomonidan Pastdarg‘om tumani ko‘p tarmoqli tibbiyot birlashmasida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida tibbiyot muassasasining faoliyati, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, yaratilgan shart-sharoitlar hamda mavjud muammolar holati ko‘zdan kechirildi.
Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli takliflar ishlab chiqilib, ularni hal etish bo‘yicha mas’ullar bilan hamkorlikda ish olib borilishi belgilandi.
📍Doimiy komissiya nazorati — soha tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish va aholi uchun sifatli xizmatlarni ta’minlashga xizmat qiladi.