“O‘ZBEKISTON–2030” STRATEGIYASI IJROSI: SUV RESURSLARIDAN FOYDALANISH HOLATI O‘RGANILMOQDA
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan “O‘zbekiston–2030” strategiyasining suv resurslaridan foydalanish yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish holati to‘g‘risida”gi masala yuzasidan deputatlik nazorati doirasida o‘rganish ishlari davom etmoqda.
O‘rganish jarayonida xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati S.Djumanova tomonidan Guliston mahallasi aholisi bilan uchrashuv o‘tkazilib, xonadonlardagi tomorqa yerlarini sug‘orish jarayoni yaqindan o‘rganildi.
O‘rganish davomida ko'chaboshi Himoyat opa xonadonida bo'lib, tomorqalardan samarali foydalanish, sug‘orish jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar hamda suv resurslaridan oqilona foydalanish masalalari yuzasidan tajriba almashdi.