Yangiliklar

24 tavsiya ijrosi: “Bo‘ston” MFYda o‘rganish o‘tkazildi

Haftalik ish rejasiga muvofiq Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi raisi R. Ziyayev, deputat A. Appaqov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Sh. Yusupov “Bo‘ston” MFYda sayyor o‘rganish olib bordi.

O‘rganishda mahallada 15 nafar fuqaroga imtiyozli kredit ajratilgani, 20 nafar fuqaro ijtimoiy reyestrdan chiqarilgani hamda 30 nafar fuqaroning o‘zini o‘zi band qilishi ta’minlangani qayd etildi.

Shuningdek, 530 metr ichimlik suvi tarmog‘i yangilangan, 50 dona beton tayanch ustun va 120 ta ko‘cha chirog‘i o‘rnatilgan. Bundan tashqari, 4 km ichki yo‘llarni ta’mirlash uchun 2 mlrd 250 mln so‘m mablag‘ ajratilishi belgilangan.

O‘rganish davomida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Slide 1 of 3