Yangiliklar

24 TAVSIYA IJROSI AMALDA

Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 tavsiya ijrosi yuzasidan amaliy ishlar davom etmoqda.

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Maxzuna Hakimova tomonidan "Obod" MFYda navbatdagi sayyor o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish davomida aholi tomonidan hududdagi ichki ko‘chalarning aksariyati asfaltlangan bo‘lsa-da, Bekguzar va Akrobod ko‘chalarida asfaltlash ishlari amalga oshirilmagani hamda ushbu masalada amaliy yordam zarurligi bildirildi.

Mazkur murojaat yuzasidan mas'ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborilishi, ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha esa aholi vakillariga qo‘shimcha ma'lumot taqdim etilishi ma'lum qilindi.

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi kotibiyati

Slide 1 of 4