Yangiliklar

Deputat yoshlar yetakchisi faoliyati bilan tanishdi

Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati R.Mamatqulov hududdagi yoshlar yetakchisi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

O'rganish davomida mahallada yoshlar bilan ishlash tizimi, "Yoshlar daftari" doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, yoshlarning bandligini ta'minlash, kasb-hunarga yo'naltirish, bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ularning muammo va takliflarini o'rganish borasida olib borilayotgan ishlar ko'zdan kechirildi.

Shuningdek, yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar, erishilgan natijalar va mavjud muammolar yuzasidan fikr almashilib, faoliyat samaradorligini yanada oshirish bo'yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.