Yangiliklar

Madad NNT bilan hamkorlikda sayyor qabul

Nurli yo‘lda MFYda sayyor qabul Xalq deputatlari Xo‘jayli tumani Kengashi va "Madad" NNT o‘rtasida tuzilgan memorandumga asosan bugungi kunda mahallalarda, muassasa-korxona va tashkilotlarda sayyor qabullar va uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.
Shunday qabullarning biri Nurli yo‘l mahallasida bo‘lib o‘tdi. Qabul davomida mahalla aholisining huquq sohasidagi o‘zlarini qiziqtirgan savollariga "Madad" NNT tuman bo‘limi huquqiy maslahat berish bo‘yicha mutaxassisi X.Seremuratova tomonidan javoblar berildi.
Qabulda Xalq deputatlari Xo‘jayli tuman Kengashi deputati J.Mamutov va tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi D.Atanazarov ham ishtirok etdi. 

Slide 1 of 3