Yangiliklar

Deputat nazorati amalda

Alpomish mahallasida bog‘cha qurilishi yakuniy bosqichda

Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” (2-bosqich) loyihasi doirasida Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanida keng ko‘lamli infratuzilma ishlari amalga oshirilmoqda.

Loyiha doirasida mahallada 120 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkiloti qurilishi ishlari olib borilmoqda.

Qurilish ishlari “TALLASHQON-INVEST” MChJ tomonidan amalga oshirilmoqda.

Hozirda bog‘chaning ichki va tashqi pardozlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Qurilish ishlarining holati va sifati tuman hokimligi masʼullari hamda Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi deputati D.Sherboyev tomonidan o‘rganilib pudratchi tashkilot masʼullariga kerakli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 7