Yangiliklar

Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-son Farmoniga asosan Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Eshov tomonidan “Aranshi” MFY hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida hokim yordamchisi tomonidan aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka jalb etish hamda fuqarolarning daromadlarini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, mahalladagi ehtiyojmand oilalar bilan ishlash, ularga ko‘rsatilayotgan amaliy yordam va yaratilayotgan ish o‘rinlari holati ham tahlil qilindi.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 3