#Doimiy_komissiya_faoliyati
#Kotibiyat_mudiri_faoliyati
Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi A.Maxammatov hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunovlar tomonidan Javshar ota mahallasida investitsiya dasturlari asosida tashkil etilgan loyihalar holati o‘rganildi.
Shuningdek, o‘rganish jarayonida mazkur loyihalarning amaldagi faoliyati, yaratilgan ish o‘rinlari hamda aholining bandligini ta’minlashga qo‘shayotgan hissasi tahlil qilindi.
Bundan tashqari, loyihalar samaradorligini oshirish hamda ularni yanada rivojlantirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar berildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377) Facebook (https://www.facebook.com/share/1CUpgvKLYL/)|instagram (https://www.instagram.com/xalq_deputatlari_kengash/)