Yangiliklar

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

📌 Deputatlik nazorati: ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi

👥 Xalq deputatlari Sherobod tumani 14-Yoshlik–Nurtepa saylov okrugi deputati N. Himmatova tomonidan “Yoshlik” mahalla fuqarolar yig‘inida ijtimoiy xodim faoliyati yuzasidan deputatlik nazorati amalga oshirildi.

🏘 Tashrif davomida aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordamlarni tayinlash jarayoni atroflicha o‘rganildi.

🔎 Shuningdek, murojaatlar bilan ishlash tartibi, hujjatlarning yuritilishi, yordamga muhtoj fuqarolar ro‘yxatini shakllantirish va nazorat mexanizmlarining samaradorligi ko‘rib chiqildi.

📝 O‘rganishlar yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan mutasaddi xodimlarga tegishli tavsiyalar berildi hamda ish faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Slide 1 of 5