Mazkur Memorandum hududni barqaror rivojlantirish, davlat organlari faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi.
Tomonlar fuqarolar murojaatlari bilan tizimli ishlash, mavjud ijtimoiy muammolarni aniqlash va ularni samarali hal etish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi.
Ushbu hamkorlik doirasida hududdagi dolzarb masalalar tezkor o‘rganilib, ularni bartaraf etish yuzasidan aniq mexanizmlar ishlab chiqilishi kutilmoqda.