Yangiliklar

#tavsiyalar_asosida

#tavsiyalar_asosida

Xalq deputatlari Kogon shahar kengashi deputati A.Ergashev hamda kengash kotibiyati mutaxassisi I. Ikromovlar ishtirokida Mustaqillik MFYdagi hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida hokim yordamchisiga yuklatilgan vazifalarning ijrosi, aholi murojaatlari bilan ishlash holati, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, bandlikni ta’minlash hamda tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘nalishidagi ishlar atroflicha tahlil qilindi.

Deputatlar tomonidan fuqarolar murojaatlariga o‘z vaqtida va sifatli javob berish, mahalladagi ijtimoiy muammolarni tezkor aniqlash hamda samarali hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Kengash kotibiyati mutaxassisi I. Ikromov tomonidan ish yuritish holati va hujjatlar ijrosi ham ko‘rib chiqildi.

Aniqlangan ayrim kamchiliklar yuzasidan deputatlar tomonidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berilib, ularni qisqa muddatda bartaraf etish belgilandi. Shuningdek, hokim yordamchisi faoliyatini yanada takomillashtirish, aholi bilan ishlash samaradorligini oshirish zarurligi ta’kidlandi.

🌎 Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a'zo bo'ling!

Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61580100445021) /Youtube (https://youtube.com/@xalqdeputatlarikogonshahar-g8r?si=tTSW0oZuoAxxdcXO) /Telegramm (https://t.me/KogonshaharKengashiVI) /Instagram (https://www.instagram.com/kogonshaharkengashi?utm_source=qr&igsh=NDRrbGprbzRpMmZs)/ Veb sayt (https://kengash.gov.uz/news?region_id=2&authority_id=276)

Slide 1 of 3