Yangiliklar

Mahallada amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi 15-Pangat saylov okrugi deputati Dos‘qulova Dilbar Nurli Pangat mahallasida hokim yordamchisi hamda ijtimoiy xodim tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o‘rganish olib bordi.

O‘rganish jarayonida aholining bandligini ta’minlash, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ehtiyojmand oilalarga ko‘rsatilayotgan yordam hamda mahallada olib borilayotgan boshqa ishlar holati ko‘zdan kechirildi. Fuqarolar bilan muloqot qilinib, ularning muammolari va takliflari tinglandi.

Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berilib, ularning ijrosini nazoratga olish belgilandi. Mazkur o‘rganish hududda olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1