Kengash faoliyatidan
Qo‘shko‘pir tuman kengashi raisi Tangriberaganov Mahmudjon Ollaquliyevich tomonidan
hududlarda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, xususan,
aholining tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar izchil
o‘rganilmoqda. Shu jarayonda u Paxtakor mahallasida istiqomat qiluvchi
oilaviy tadbirkor Jumaniozova Sadoqat Ro‘zimovna xonadoniga tashrif buyurib,
2025-yilda ajratilgan imtiyozli kredit mablag‘lari hisobidan yo‘lga qo‘yilgan
parrandachilik faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Mazkur tashabbus hududda
bandlikni ta’minlash, aholi daromadlarini oshirish va mahalliy iqtisodiyotni
rivojlantirishda muhim omil sifatida e’tirof etildi.