Xalq deputatlari Xo‘jayli tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi R.Torenov tomonidan Tutzor MFY aholisining o‘z okrugi deputatiga qilgan murojaati asosida olib borilgan ishlar natijasida ularning muammosi ijobiy hal etilganligi va muammoning yechimi bo‘yicha qabul qilingan tuman Kengashi qarori bilan tanishtirib o‘tdi.
Muloqot davomida fuqarolarga mamlakatimizda har bir murojaat nazoratda bo‘lishi va ularning qonuniy yechim topishi uchun barcha muassasa-tashkilotlar befarq bo‘lmasligi ta’kidlandi.