Yangiliklar

#96_qonun 🌿 “O‘rmon to‘g‘risida”gi qonun mazmun-mohiyati tushuntirildi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati Jamol Mavlyanov tomonidan Ishtixon davlat o‘rmon xo‘jaligida tashkilot xodimlari ishtirokida qonunchilik targ‘ibotiga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida deputat tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 16-apreldagi “«O‘rmon to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘RQ-475-son Qonunining mazmun-mohiyati keng tushuntirildi.

Ta’kidlanganidek, mazkur qonun o‘rmon fondini muhofaza qilish, undan oqilona foydalanish, o‘rmonlarni ko‘paytirish hamda ekologik muvozanatni saqlashga qaratilgan huquqiy asoslarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Shuningdek, o‘rmon resurslarini asrash, noqonuniy kesish holatlarining oldini olish hamda tabiatni muhofaza qilish borasida mas’uliyatni kuchaytirish masalalari haqida ham batafsil ma’lumot berildi.

Slide 1 of 3