Zomin tumani Paxtakor mahallasi hududidagi Iqbol qo‘rg‘onida “Open budjet” loyihasi doirasida ichki yo‘llarni asfaltlashga tayyorlash ishlari boshlandi.
Loyiha bo'yicha hudud ichki ko‘chalarida yer tekislash, shag‘al yotqizish hamda asos qatlamini mustahkamlash ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Mazkur ishlar kelgusida sifatli asfalt qoplamasini yotqizish uchun zarur infratuzilma yaratishga xizmat qiladi.
Ushbu loyiha mahalla aholisining tashabbusi va ovozi bilan shakllantirilgan bo‘lib, hudud infratuzilmasini yaxshilash, aholi uchun qulay va xavfsiz harakat sharoitini yaratishga qaratilgan.
Ishlar belgilangan jadval asosida olib borilmoqda hamda oyiha asosida amalga oshrilyotga ishlar hudud deputati nazoratiga olindi va nazorat ishlari olib borilmoqda