Yangiliklar

Aholi murojaati o‘rganildi

🔹O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashning 2024-yil 14-yanvardagi KQ-35-IV-son Qaroriga muvofiq xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi deputatlari M.Aynashova va M.Ashurovlar tomonida “Pargos” “mahalla yettiligi” a’zolari bilan birgalikda aholi murojaati mualliflar ishtirokida joyiga chiqqan holda ko‘rib chiqildi.

🔹Uchrashuv davomida murojaatda keltirilgan mahalla fuqarolar yig‘ini idorasi manzilini o‘zgartirish va sug‘orish suvi kanalini tozalatish masalalari mas’ullar ishtirokida muhokama qilindi. Aholi murojaatlariga deputatlar tomonidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

Slide 1 of 3